O‘zbekiston | 13:43 / 10.08.2023
8117
4 daqiqa o‘qiladi

2022 yil O‘zbekistonda 1,8 mln tonna uzum yetishtirildi - QXV

O‘zbekiston uzum maydonlari bo‘yicha dunyoda yettinchi, hosildorlik bo‘yicha beshinchi va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha yettinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston 2022 yil yakunlariga ko‘ra, uzum maydonlari bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

«Dunyo bo‘yicha 7 mln 300 ming gektar uzumzorlar mavjud bo‘lib, 1990 yilga nisbatan 700 ming gektarga kamaygan. Biroq hosil 77,5 mln tonnani (183,0 mlrd doll) tashkil etib, 130 foizga oshgan. 2025 yilga kelib esa 90 mln tonna hosil olish prognoz qilinmoqda.

Bu o‘z navbatida, dunyo uzumchiligida intensiv texnologiyalar hisobiga hosildorlik oshib borayotganini anglatadi.

Uzum maydoni yetakchi TOP-5 mamlakatlar – Ispaniya (955 ming ga), Fransiya (812 ming ga), Xitoy (785 ming ga), Italiya (718 ming ga), Turkiya (410 ming ga).

O‘zbekistonda 181 ming gektarda yetishtirilgan uzum bilan dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Shundan, 85 ming ga xo‘raki, 73 ming ga kishmishbop, 23 ming ga sanoatbop uzum. 2022 yilda yetishtirilgan jami uzum hosili esa 1,8 mln tonnani tashkil qilgan.

Hosildorlik bo‘yicha yetakchi TOP-5 mamlakatlar Hindiston -  212 ts, Xitoy - 176 ts, AQSh - 173 ts, JAR - 166 ts, O‘zbekiston - 150 ts.

Yevropada asosan mahsulot sifatiga e’tibor beriladi va 1 tupda 7-10 bosh uzum qoldiriladi va hosildorlik nasbatan kam, ya’ni Ispaniyada 65 ts/ga, Fransiya 82 ts/ga, Portgugaliya 44 ts/ga.

Eng ko‘p uzum import qiluvchi TOP-7 davlatlar: AQSh - 1,7 mlrd, Niderlandiya - 1,1 mlrd, Germaniya - 745 mln, Angliya - 700 mln, Xitoy - 586 mln, Gongkong - 500 mln, Kanada - 420 mln va Rossiya 320 mln doll.

Uzum eksporti TOP-7: Chili -1,2 mlrd, Niderlandiya - 984 mln, AQSh- 926 mln, Italiya -796 mln, Peru - 690 mln, Xitoy - 690 mln, JAR - 570 mln dollar (O‘zbekiston 280 mln dollar,13-o‘rin)”, – deyiladi vazirlik taqdim etgan ma’lumotda.

Shuningdek, qayd etilishicha, O‘zbekiston uchun bugungi kundagi asosiy vazifa uzum yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilib, yuqori daromad olishdir. Bu uchun esa albatta ilm, tajriba va innovatsiya kerak.

“4 yil avval qabul qilingan prezident qaroriga asosan, 2021-2023 yillarda 48 ta uzumchilikka ixtisoslashgan tumanlarda 106 ming ga (klaster va fermerlarda 81 ming ga, aholi tomorqasida 25 ming ga) uzumzor barpo etildi (75 ming ga xo‘raki, 27 ming ga kishmish, 9 ming ga sanoatbop).

Yevropadan 34 ta yangi, danaksiz uzum navlari keltirildi.

Misol uchun, xo‘raki va kishmishbop navlardan Italia, Centenial Seedless, Superior Seedless, Crimson Seedless, sanoatbop navlardan Albarinho, Cabernet Sauvignon, Tempranillo, Merlot, Chardonnay, payvandtaglar Richter 110, S04, 41-V Millardet.

Sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun 3 yilda 183 mlrd so‘m subsidiya ajratildi”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda tomchilab sug‘orishga 1 gektar uchun 8 mln so‘m, suv chiqarishga har 1 metrga 600 ming so‘mdan - 120 mln so‘mgacha, loyihalashga 10 mln so‘mgacha, muqobil energiya uskunalari uchun 100 mln so‘mgacha, 1 dona shpalerga 15 ming so‘m, «in-vitro»da yetishtirilgan 1 dona ko‘chatga 5 ming so‘m; tabiiy vinoga 5 ming so‘m, mayiz quritish va qadoqlash liniyalari va vinochilik uskunalarini xarid qilish xarajatlari uchun 20 foiz (300 mln so‘mgacha) subsidiya beriladi.

Mavzuga oid