«Liverpul» APL rekordini o‘rnatmoqchi
«Liverpul» «Brayton» havbeki Kaysedo uchun 127 million yevro taklif qildi - bu Angliya futboli uchun rekord hisoblanadi.
«Liverpul» «Brayton» yarimhimoyachisi Moyses Kaysedo uchun 127 million yevro (110 million funt sterling) miqdorida taklif bergani haqida bir vaqtda ikki ishonchli manba xabar berdi — The Athletic nashri va insayder Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, «Brayton» taklifni qabul qilgan va barchasi reja bo‘yicha kechsa, transfer 11 avgust kuniyoq e’lon qilinadi.
Bu transfer Angliya klublari uchun rekord darajada bo‘ladi. Shu yil yanvarida «Chelsi» «Benfika» havbeki Enso Fernandes transferi uchun 121 million yevro to‘lagandi.
2022/23 yillar mavsumida Kaysedo jamoasi uchun barcha turnirlar doirasida 43 o‘yin o‘tkazgan, 1 gol urgan va 1 golga uzatma bergan.
21 yoshli ekvadorlikning «Brayton» bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar tuzilgandi. Transfermarkt portali futbolchi transferini 75 million yevroga baholagandi.
Mavzuga oid
14:17 / 06.09.2024
Transfer oynasi sarhisobi: Top-15 klublarning yozgi kampaniyasi reytingi
10:20 / 04.09.2024
Rafa Benites - «Istanbul mo‘jizasi», Alonsoning «Arsenal»ga transferi barbod bo‘lishi va «Real»da ishlay olmagani sababi haqida
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
18:33 / 30.08.2024