Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ko‘pkarichilari birinchi Jahon kubogida ishtirok etadi
Qirg‘izistondagi turnirda mezbonlar, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Vengriya va Mo‘g‘uliston ko‘pkari klublari ham ishtirok etadi.
13-20 avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Baktuu-Dolonotu qishlog‘idagi ippodromda ko‘pkari (ko‘k bo‘ri) bo‘yicha klublar o‘rtasidagi ilk jahon chempionati o‘tkaziladi.
Xalqaro turnirda sakkizta mamlakat: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston, AQSh, Turkiya, Vengriya va Mo‘g‘uliston klublari ishtirok etadi.
Tadbirni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ochib beradi.
Jahon kubogi Qirg‘izistonning mahalliy «NTRK-Sport» telekanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali translatsiya qilinadi. Efir 13 avgust kuni soat 13.00 da boshlanadi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025