Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi
14 avgustdan boshlab Toshkent shahrida yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, 171-sonli avtobus «Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi» yo‘nalishida harakatlanadi.
Yo‘nalish harakati Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bo‘zsuv qishlog‘idan 4K716, M-39 avtomobil yo‘llari va Bunyodkor shohko‘chasi orqali «Chilonzor» metro bekatiga qadar, ish tartibi soat 5:30 dan 21:10 gacha etib belgilangan.
Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi «7-Avtobus saroyi» filialiga berilgan, yo‘nalishda kichik sig‘imli Isuzu avtobuslari harakatlanishi belgilangan.
Yangi yo‘nalish prezident qaroriga asosan, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025