Jahon | 15:40 / 13.08.2023
23903
6 daqiqa o‘qiladi

Suvsiz qolgan shahar va saylovlarga tayyorlanayotgan Donetsk. Urush suratlari

Ukrainada urushning 535-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi Qrimga ukrainlarning 20 ta droni hujumi qaytarilgani haqida xabar berdi. «Ukrainskaya pravda» xabariga ko‘ra, bu hujum oqibatida o‘nlab rossiyalik harbiylar halok bo‘lgan va yaralangan.
  • Rossiyalik harbiylar boshqariluvchi aviabomba bilan Zaporijjya oblastining Orixiv shahriga zarba berdi. Bir politsiyachi halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohat olgan, deb xabar beradi Ukraina Milliy politsiyasi boshlig‘i Ivan Vigovskiy.
  • Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov Kerch bo‘g‘ozi hududida ukrainlar raketalari urib tushirilganini xabar qildi. RF mudofaa vazirligi Ukraina ko‘prikka S-200 tizimi raketalari bilan hujum qilishga uringanini tasdiqlagan.
  • Kaluga oblastida tunda dron urib tushirilgan. Region gubernatori Vladislav Shapshaning so‘zlariga ko‘ra, «jabrlanganlar yo‘q, infratuzilma obektlariga ham shikast yetmagan».
  • RF mudofaa vazirligi Sergey Shoyguning Markaziy poligonga tashrifi haqida xabar berdi, bu yerda sovetlar davrida yadro qurollari sinovdan o‘tkazilgan.

Qrim ko‘prigida tutun pardasi

12 avgust kuni Ukraina qurolli kuchlari Qrim ko‘prigiga uch bor hujum qildi, deb xabar beradi anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina hujumda S-200 tizimining zarba berish uchun moslashtirilgan raketalaridan foydalangan. Vazirlikka ko‘ra, ular havodaligida urib tushirilgan, vayrongarchilik va jabrlanganlar yo‘q. Ammo ko‘prik bo‘ylab harakat ma’lum vaqtga to‘xtatilgan, uning atrofida esa tutun pardasi hosil qilingan.

Moskvada dron qoldiqlarini qidirayotgan politsiyachilar

11 avgust tongida Moskva shahrining Karamishevskoy sohilida dron portladi. Uning parchalari 67-shahar shifoxonasi perinatal-kardiologiya markazi yaqiniga tushgan. Shahar meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, dron havo hujumidan mudofaa vositalari orqali yo‘q qilingan — jabrlanganlar va jiddiy vayrongarchiliklar yo‘q. Hujumdan keyin Moskva prokuraturasi «provokatsiyaga berilmaslik»ka chaqirib, «poytaxtda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar» haqida «asossiz xabar tarqatganlik» uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan.

AP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari 

Ukraina QK harbiy xizmatchilari Baxmut atrofida rossiyaliklarning pozitsiyalarini minomyotdan o‘qqa tutmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi front chizig‘i yaqinidagi okopda o‘tirgan ukrainalik askar
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Boshpanada dam olayotgan ukrain jangchilari
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Frontning boshqa chekkalaridagi ukrain jangchilari

Ukrainaning 128-alohida Karpatorti tog‘-shturm brigadasi jangchilari Zaporijjya oblastidagi front chizig‘ida
Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Donetsk oblastidagi Rossiya qo‘shinlariga BM-21 «Grad» tizimidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
128-brigada jangchilari Zaporijjya oblastidagi oldingi chiziqdagi boshpanada
Reuters / Scanpix / LETA

Havo trevogasi chog‘ida Kiyev metrosiga tushib yashiringan aholi 

«Teatralnaya» metro bekati
Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Vida Press
11 avgust kuni tongda rossiyalik harbiylar Kiyevga «Kinjal» raketalari bilan hujum qildi, deb xabar bergan shahar ma’muriyati spikeri Mixaylo Shamanov. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari barcha raketalarni urib tushirgan. Parchalar bir necha joyga tushgan, jumladan bolalar shifoxonasi hududiga ham. Jabrlanganlar yo‘q.
Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Vida Press

Suvsiz qolgan Nikopol

Dnipropetrovsk oblastining Nikopol shahrida keng ko‘lamli bosqin boshlanguniga qadar 100 mingdan ortiq kishi yashagan, hozir esa shaharda shuning yarmi qolgan. 2023 yil 6 iyunga o‘tar kechasi Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lgach,
Nikopol aglomeratsiyasida (u shu nomli shahardan tashqari, Marganets va Pokrovni, shuningdek atrofdagi boshqa qishloqlarni o‘z ichiga oladi) hayot kuchli darajada o‘zgardi. Avval shaharga va qishloqlarga suv suv omboridan kelgan. Ammo u qurib qolgach, ichimlik va texnik suvni bu yerlarga avtosisternalar, o‘t o‘chirish mashinalari va maxsus bochkalar o‘rnatilgan yuk avtomobillarida tashib keltira boshlashdi. Shu bilan birga, hatto texnik suv uchun ham ulkan navbatlar hosil bo‘lmoqda.

Nikopol aglomeratsiyasida suv ta’minoti tizimini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Donetskdagi hayot tarzi 

Vokzal bo‘yidagi buyum bozori sotuvchisi, bozor 2022 yil sentabridagi zarbalar vaqtida vayron bo‘lgan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Donbassni birgalikda tiklaymiz!» va «Donbass uchun ovoz beramiz!» yozuvlari aks etgan bannerlar «DXR» va «LXR»da bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga bag‘ishlangan. Saylovlar 10 sentabrga belgilangan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Horlivka rayonidagi Toroz shahrida joylashgan L.I. Lutugin nomidagi kondan ko‘mir qazib olish jarayoni. Bu shahar 2014 yildan buyon «DXR» nazorati ostida qolmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk shahrining Kiyev rayoni o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan avtomobil. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari shaharga zarba berishda kassetali o‘q-dorilardan foydalangan

Mavzuga oid