O‘zbekiston | 07:49 / 16.08.2023
4225
1 daqiqa o‘qiladi

IndiGo aviakompaniyasi Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.

Foto: Uzbekistan Airpors

Dehli — Toshkent — Dehli yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysi 2023 yil 6 sentabrga belgilangan

Reyslar Airbus A320 va A321 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

IndiGo — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid