Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Akbarxon Ibragimov Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
A.Ibragimov 1984 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005 yili O‘zbekiston Milliy universiteti, 2009 yili Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan.
Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2006 yil Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi Inkassatsiya ishlarini tashkil etish shu’basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.
A.Ibragimov ushbu vazifaga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Anvar Zulfanov Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Zulfanov 1982 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2007 yil Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslardan soliq va to‘lovlarning budjetga tushumini nazorat va tahlil qilish shu’basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, shu’ba boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
A.Zulfanov ushbu vazifaga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.