Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirliklarning ichki audit xizmati faoliyati baholanadi
Vazirlar Mahkamasining «Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- ichki audit xizmati faoliyatini baholash;
- baholash natijalarini rasmiylashtirish va ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish;
- baholash natijalarini monitoring qilish ularni jamoatchilikka e’lon qilish.
Ichki audit xizmatini baholash Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan rejali va rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
Rejali baholash xavf tahlili asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan jadvalga asosan o‘tkaziladi.
Har yili 1 martga qadar tasdiqlangan jadval vazirlik saytida e’lon qilinadi.
Rejadan tashqari baholash quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
- aynan davlat organining murojaatiga asosan;
- taqdim etilgan choraklik hisobotlarni o‘rganish natijasida qo‘shimcha xavflar aniqlanganda.
Nizom bilan baholash mezonlari va savolnoma shakli ham tasdiqlanmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 30.10.2024
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
09:10 / 23.10.2024
Energetika resurslari iste’molchilari energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
11:41 / 13.09.2024
Yana uchta vazirlikning 100 dan ortiq boshqaruv xodimlari tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
15:06 / 09.09.2024