Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kam quvvatda ishlayotgan kollejlar binosi o‘rnida maktablar tashkil qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
Kelgusi yilda Investitsiya dasturi doirasida maktab qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi. Buning hisobiga, 150 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Bunda, 2 koeffitsiyentdan yuqori quvvatda ishlayotgan 595 ta maktabni kengaytirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Kam quvvatda ishlayotgan 61 ta kollej binosi o‘rnida maktablar tashkil qilinadi. Bu qo‘shimcha 42 ming o‘quvchi o‘rnini taqdim etadi.
Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o‘quvchi o‘rni) maktablar barpo etish ishlari boshlanadi. Xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o‘quvchi o‘rni tashkil qilinadi.
Buning uchun, tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi budjetdan qoplab beriladi. Yangi maktab qurish uchun yer maydonlari faqat va faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.
Umuman, bu ishlar orqali kelgusi yilning o‘zida 250 ming yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 karra ko‘p o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025