O‘zbekiston | 13:22 / 28.08.2023
2879
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Bodrum o‘rtasida charter reyslari yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Uzbekistan Airpors

Turkiyaning Freebird Airlines aviakompaniyasi Samarqand – Bodrum – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Birinchi yo‘lovchi charter reysi 7 sentabrga mo‘ljallangan. Reyslar Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda haftasiga bir marta - payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Freebird Airlines - 2000 yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan turk aviakompaniyasi. Aviakompaniyaning asosiy bazasi Antaliya shahri hisoblanadi. 

Kompaniya Yevropa va Turkiya o‘rtasida xalqaro charter reyslarini, shuningdek, ichki reyslarni amalga oshiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid