Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash organlari rahbarlari deputatlar oldida hisobot beradi
Shuningdek, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punkti rahbarlari fuqarolar yig‘inlarida axborot beradi.
Toshkentda Oliy Majlis Senatining qirq to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda bir qancha qonunlar, jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.
Qonunga ko‘ra xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan yarim yillik yakunlari bo‘yicha sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib boradilar.
Shu bilan birga, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunga fuqarolar yig‘inlari tomonidan aholi biriktirilgan tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining sog‘liqni saqlashning holati hamda fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan, tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi axborotini eshitishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritiladi.
Mavzuga oid
13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?
13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
10:18 / 22.05.2025