YeI Gvineya ko‘rfaziga yangi harbiy missiya yuborishni rejalashtirmoqda
Gvineya ko‘rfaziga harbiy-fuqarolik missiyasini yuborish to‘g‘risidagi qaror Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida qabul qilinishi kerak. Unda qancha politsiyachi va harbiy ishtirok etishi hozircha noma’lum.
Yevropa Ittifoqi kuzda Afrikaning g‘arbiy sohillari yaqinidagi Gvineya ko‘rfazida fuqarolik-harbiy missiyasini ishga tushirish niyatida, deb yozadi Welt am Sonntag (WamS) 27 avgust, yakshanba kuni diplomatik manbalarga tayanib. Nashrga ko‘ra, YeI davlatlari missiyani Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari oktyabr oyida Lyuksemburgda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda bu borada rasmiy qaror qabul qilgandan so‘ng darhol boshlashga kelishib olgan.
Gazetaga vaziyatdan boxabar suhbatdoshlarning aytishicha, Kot-d'Ivuar, Gana, Togo va Beninga yuboriladigan politsiyachilar va harbiylar soni hali aniqlanmagan.
WamS Yevropa Ittifoqi tomonidan ko‘zda tutilgan to‘rtta maqsadni keltirib o‘tdi: xavfsizlik kuchlarini nomi tilga olingan to‘rtta davlat shimolida umumiy mustahkamlash bilan bir qatorda, gap terrorizmga qarshi operatsiyalar uchun kuchlarni tayyorlash, texnik yordam va xavfsizlik sektorida ishonchni mustahkamlash haqida ketyapti.
Turli guruhlar faoliyatining tarqalish xavfi
Nashrning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi G‘arbiy Afrikada faoliyat yuritayotgan turli guruhlar Sahel mintaqasidan Gvineya ko‘rfazida joylashgan mamlakatlarga tarqalishidan tashvishlanib, harbiy-fuqarolik missiyasini yo‘lga qo‘ymoqchi. Welt am Sonntag, shuningdek, Benin va Gana hukumatlari Bryusselga Yevropa missiyasini ushbu mamlakatlarga tashrif buyurishga taklif etgani to‘g‘risida xabar berdi.
Mavzuga oid
20:56 / 14.10.2024
Yevropa Ittifoqi Moldova bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi
11:50 / 14.10.2024
WP: YeI qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda
13:50 / 12.10.2024
YeI avtomatlashtirilgan chegara tizimini ishga tushirishni kechiktirdi
09:52 / 11.10.2024