O‘zbekiston | 07:49 / 30.08.2023
14853
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Tumanning avvalgi hokimi viloyat hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgandi.

Foto: Telegram / davlat_boshqaruvi

Xorazm viloyati Yangiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Kamol Otajonov Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

K.Otajonov ushbu lavozimga tasdiqlangunga qadar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Yangiariq tumani hokimi viloyat hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgandi.

Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi

A.Davletov 2020 yil dekabridan buyon Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan.

Mavzuga oid