Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda o‘zaro janjal o‘lim bilan tugadi
Xorazmda spirtli ichimlik iste'mol qilish oqibatida boshlangan janjal o‘lim bilan xotima topdi
2020 yil 15 fevral kuni soat taxminan 19:00larda 54 yoshli R.K. Xorazm viloyati Yangiariq tumani “R. Otajanov” mahallasida joylashgan yashash uyida tanishi 56 yoshli S.J. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilib, o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, R.K. qo‘llari va oyoqlari bilan S.J.ni urib-do‘pposlagani natijada S.J. hodisa joyida vafot etgan.


Mazkur holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sababchi bo‘lgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.K. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025