Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken rasmiy Vashington nomidan O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Tabrik matni 31 avgust kuni Davlat departamenti rasmiy saytida e’lon qilindi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati nomidan O‘zbekiston xalqini 1 sentabr - Mustaqillik kuni bilan tabriklayman”, deyiladi matnda.
Entoni Blinkenning qayd etishicha, 32 yil davomida AQSh va O‘zbekiston hamkorligi O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga umumiy sadoqat asosida qurilgan.
“Bugun biz ushbu strategik sheriklikni mustahkamlash, jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilishga intilish kabi muhim yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni nishonlaymiz.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo taraqqiyotining markazida bo‘lib kelgan va biz uning mintaqaviy tinchlik, farovonlik va xavfsizlikka sodiqligini yuksak qadrlaymiz. O‘zbekiston xalqiga ushbu muhim kunda eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman”, deyiladi tabrikda.
Davlat kotibi AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan masalalarga yechim topish, mamlakatlar o‘rtasida mustahkam do‘stlik va ishonchni mustahkamlashga intilishini bildirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025