Sport | 15:52 / 01.09.2023
26058
18 daqiqa o‘qiladi

Oyna yopilmoqda: so‘nggi transferlar

Top-chempionatlarda transferlar oynasi yopilishiga kam vaqt qolmoqda.

Yevropa top-ligalarida transferlar oynasi bugun yopiladi. Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya klublarida o‘z tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirish uchun so‘nggi soatlar qolmoqda. 1 sentabr kuni ham voqealarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Quyida bugun yana qanday kelishuvlar amalga oshishi mumkinligi ko‘rib chiqiladi.

Randal Kolo Muani – «PSJ»ga

«PSJ» va «Ayntraxt» klublari o‘rtasida hujumchi Kolo Muani borasida muzokaralar oxirgi kunga qadar cho‘zildi. Shu kunlarda parijliklar 70 mln yevro va yana 10 mln yevro ko‘rinishida bonuslar taklif qilishgandi. Nemislar klubi esa Randal o‘rniga «PSJ» forvardi Ugo Ekitikeni ham olishni istamoqda. Tomonlar hozircha kelisha olmagan. Bu vaqtda esa Kolo Muani «Ayntraxt» mashg‘ulotlarini boykot qilmoqda va o‘z transferiga undamoqda.

«Umid qilamanki, «Ayntraxt» mening «PSJ»ga ketishimga yo‘l qo‘yadi, – degan Randal. – Men bu klubdan qarzdorman. Men hamisha bor kuchim bilan harakat qilganman. Ammo hech kimga sir emaski, «PSJ» men uchun rekord darajada taklif berdi, men ularga qo‘shilishni istayman, bu mening faoliyatim rivoji uchun katta imkoniyat».

Joau Kanselu – «Barselona»ga

«Barselona» ham yozgi transferlar yopilishi arafasida tarkibini yangi futbolchilar bilan to‘ldirishni ko‘zlagan. Kataloniyaliklar klubining Kanseluni olish bo‘yicha «Manchester Siti» bilan muzokaralari shu qadar uzoq cho‘zildiki, xuddi portugaliyalik futbolchi allaqachon o‘zini ko‘k-anorranglilar safida his qilmoqda. Bu chindan ham ro‘y berishi mumkin. Insayder Fabritsio Romano «Barsa» va «Man Siti» futbolchini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan. Ammo futbolchini keyinroq sotib olish majburiyati haqidagi band bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagan: inglizliklar shartnomada shunday opsiya bo‘lishini istamoqda, kataloniyaliklar esa moliyaviy feyr-pley bilan muammo chiqishi mumkinligi tufayli bunga rozi emas.

Joau Feliks – «Barselona»ga

«Barsa» yoz oxirida yana bir portugaliyalik Joau bo‘yicha faol muzokaralarga kirishdi. «Atletiko» forvardi bilan bog‘liq holatda ham gap ijara shartnomasi haqida bo‘ladi. Kataloniyaliklar klubi 2023/2024 yillar mavsumida uning xizmatlaridan foydalanish uchun 6-7 mln yevro to‘lashi mumkin. Agar baribir kelishuvga erishilmasa, Caught Offside ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga majbur bo‘ladi - uning Diyego Simeone bilan munosabatlari butkul buzilib bo‘lgan. 23 yoshli futbolchining o‘zi ham «Atletiko»da qolishni istamaydi, uning kelajagi yaqin soatlar ichida ma’lum bo‘ladi.

Ansu Fati – «Brayton»ga

«Barselona»ning iste’dodli futbolchilaridan biri Fati baribir Xavi jamoasini tark etadi. Hozircha butunlayga emas, inglizlar klubi uni sotib olish shartisiz ijaraga oladi. Romanoning insaydiga ko‘ra, Ansuning o‘zi ham, kataloniyaliklar klubi ham «Brayton» taklifini qabul qilgan. Vingerning APLga o‘tishiga inglizlar jamoasi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi ta’sir ko‘rsatgan, u Fatini «Brayton»da ko‘rishni qattiq istamoqda. «Chelsi» va «Tottenhem» ham 20 yoshli ispaniyalikka qiziqish bildirgandi, ammo bu klublar so‘nggi kunlarda kurashdan chiqqandi.

Serxio Regilon – «MYu»ga

«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya Manchesterga yo‘l olishi mumkin edi. Faqat «Siti»ga emas, «Yunayted»ga. Insayder Romanoning xabar topishicha, 25 yoshli futbolchi shu kunlarda «MYu» bilan kelishib olgan, klublar esa futbolchining bir yillik ijarasini muhokama qilmoqda. Ammo «Chelsi» bu shartnoma uchun 8 mln yevro ishlab olishni istamoqda, «Yunayted» esa 3 mln yevro taklif qilgan va uni qishda qaytarishi ham mumkin. Natijada kelishuv barbod bo‘lish xavfi yuzaga kelgan. The Athletic manbasiga ko‘ra, endilikda mankunianliklar «Tottenhem» himoyachisi Regilonga e’tibor qaratgan. Uning transferi – «MYu»ga nisbatan foydali – va bu transfer 1 sentabr kuni oxirigacha e’lon qilinadi.

Sofiyan Amrabat yoki Piyer-Emil Hyoyberg – «MYu»ga

«Manchester Yunayted» tarkibini yangi markaziy yarimhimoyachi bilan kuchaytirishi kerak. Jurnalist Nikolo Shiraga ko‘ra, mankunianliklar JCh-2022 qahramonlaridan biri Amrabat bilan kelishib qo‘ygan va uning transferi bo‘yicha «Fiorentina»ni ko‘ndirishi kerak. Marokashlik futbolchi o‘zini qo‘yib yuborishni talab qilmoqda va jamoadan alohida shug‘ullanmoqda. Bu transfer mavsum yakunida sotib olish sharti bilan ijaraga olish ko‘rinishida amalga oshishi mumkin. Agar kelishuv baribir barbod bo‘lsa, «MYu»da «Tottenhem» futbolchisi Hyoyberg varianti ham bo‘ladi. 

Rayan Gravenberh – «Liverpul»ga

«Liverpul» ham markaziy yarimhimoya chizig‘ini mustahkamlashga ehtiyoj sezmoqda. Moyses Kaysedo va Romeo Lavia bilan muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchralgach, Angliya grandi «Bavariya»dagi Gravenberhga e’tibor qaratgan. Jurnalist David Ornshteynga ko‘ra, ikki klub niderlandiyalik futbolchi transferi bo‘yicha faol muzokara olib bormoqda, Rayanning o‘zi ham «Liverpul»ga o‘tishdan mamnun. «Bavariya» Gravenberhni sotishga qarshi emas, ammo avval uning o‘rniga futbolchi topishi kerak. Diario Ole xabariga ko‘ra, «Liverpul» parallel ravishda «Bayyer» himoyachisi Piyero Inkapeni 38 mln funtga sotib olish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Joau Palinya yoki Skott Maktominey – «Bavariya»ga

«Bavariya» katta ehtimol bilan Gravenberh o‘rniga yarimhimoya chizig‘ini mustahkamlash uchun «Fulhem»dan Palinyani olib keladi. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Germaniya chempionlari portugaliyalik futbolchi bilan besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. «Bavariya» 28 yoshli futbolchi transferi uchun 50-60 mln yevro to‘lashga tayyor, Palinyaning o‘zi inglizlar klubi va «Fulhem» bosh murabbiyi Marku Silvaga «Bavariya»ga o‘tishni istayotganini bildirgan. Myunxenliklar uchun yana bir variant – «MYu»dagi Maktominey. Ammo, Bild ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar ushbu shotlandiyalik uchun so‘rayotgan 40-45 mln yevro ko‘plik qilmoqda.

Trevo Chaloba yoki Erik Dayyer – «Bavariya»ga

«Bavariya» transferlar oynasining so‘nggi kunida himoya chizig‘ini ham kuchaytirishni mo‘ljallamoqda. Bu pozitsiya uchun ikki asosiy nomzod bor. «Chelsi» himoyachisi Chalobaning kelishini jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel shaxsan istamoqda, Trevo aynan uning boshqaruvi davrida, 2021 yilda londonliklar klubida debyut qilgandi. «Chelsi» ham futbolchini sotishga tayyor, ammo tomonlar haligacha kelisha olmadi. Shuningdek, «Tottenhem»dan Keyn ortidan Dayyer ham «Bavariya»ga o‘tishi mumkin. Germaniya chempionlari ushbu 29 yoshli futbolchini ijaraga olish yoki sotib olishga urinmoqda (hozircha muvaffaqiyatsiz). Dayyerning «shporlar» bilan shartnomasi muddati joriy mavsum oxirigacha tuzilgan.

Brennan Jonson – «Tottenhem»ga

O‘z navbatida, «Tottenhem» so‘nggi soatlarda «Nottinghem Forest»ni ko‘ndirib, klub hujumchisi Jonsonni olib ketishga harakat qiladi. Brennan uchun «Brentford» ham raqobatlashmoqda, bu klub ushbu 22 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha allaqachon uch bor taklif yuborgan. Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi taklif miqdori 40 mln funt atrofida bo‘lgan, shunga qaramay, «Nottinghem Forest» Jonsonni bu pulga sotishni rad etgan va kamida 50 mln funt atrofida mablag‘ga ega bo‘lmoqchi. Jonsonga «Chelsi» ham da’vogar edi, ammo hatto bu klub ham «o‘rmonchilar»ning talabini haddan tashqari yuqori deb hisobladi slishkom bolshimi. Jonson APLning o‘tgan mavsumida 38 o‘yinda maydonga tushib, sakkiz gol urgan.

Mehdi Torimiy – «Milan»ga

«Milan» rahbariyati vakillari «Portu»dagi hamkasblarini ushbu jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Torimiyni o‘zlariga ma’qul narxda sotishga ko‘ndirish uchun ko‘p vaqt sarfladi. Portugaliyaliklar ushbu 31 yoshli futbolchi uchun avvaliga kamida 30 mln yevro so‘rayotgandi, ammo, yakunda 15 mln yevro va bonuslarga rozi bo‘lishgan. Gazzetta dello Sport ma’lumoti va jurnalist Sashi Tavoliyeriga ko‘ra, «rossonerilar» eronlik futbolchining o‘zi bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, unga ko‘ra yiliga 3 mln yevrolik maosh ko‘zda tutilgan. Ammo so‘nggi soatlarda transfer barbod bo‘lishi ham mumkin, futbolchining agenti Jorjye Mendesh bonuslar va agentlik komissiyasi bo‘yicha shartlarni o‘zgartirgan. Transfer amalga oshishi ehtimoli yuqori bo‘lsa-da, «Milan» muqobil variantlarni ham o‘rganib chiqmoqda.

Top-klubdan yana bir futbolchi Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin

Saudiya Arabistoni klublari Yevropa top-klublari futbolchilarini olib ketishda davom etadi. «Atletiko» yarimhimoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko «Al-Shabob»ga o‘tishga yaqin. Insayder Romanoga ko‘ra, 29 yoshli belgiyalik allaqachon saudiyaliklar bilan kelishib qo‘ygan. Lekin kelishuv hali yopilmagan, «Atletiko» Karrasko uchun «katta mablag‘» so‘ramoqda. Agar taklif miqdori oshirilmasa, madridliklar klubi Yannikni qo‘yib yubormaslik uchun. Ispanlar uchun barchasi 1 sentabr hal bo‘lishi kerak.

YeChL finalchisi transfer tayyorlamoqda

Chempionlar ligasi finalchisi «Inter» transferlar oynasining so‘nggi kunida o‘tgan mavsum «Napoli» safida Italiya chempioni bo‘lgan yarimhimoyachini safiga qo‘shib olishi mumkin. Gap transfer huquqi «Tottenhem»ga tegishli bo‘lgan Tangay N'Dombele haqida bormoqda. Jurnalist Janluka Di Marsioga ko‘ra, milanliklar klubi londonliklardan kelishuv bo‘yicha shartlarni so‘ragan va futbolchini sotib olishga tayyorligini bildirgan. «Napoli» yozda ushbu fransuz transfer huquqini sotib olishni istamadi, futbolchining o‘zi «Jyenoa»ga o‘tish variantiga ko‘nmadi, u Chempionlar ligasida o‘ynamoqchi. «Tottenhem» o‘z vaqtida Tangayni 62 mln yevroga sotib olgandi, ammo uning narxi ikki barobar tushgan.

So‘nggi soatlarda e’lon qilingan transferlar:

Mateus Nunes – «Manchester Siti»ga o‘tdi

Yevropaning bugungi kundagi eng kuchli klubi «Vulverhempton» yarimhimoyachisi Mateus Nunes transferini e’lon qildi. Tomonlar ushbu 25 yoshli futbolchi transferini 62 mln yevroga kelishishgan. Nunes yangi jamoasida uzoq muddatga safdan chiqqan Kevin de Bryuyne o‘rnida to‘p suradi. Uning shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

O‘z navbatida «shaharliklar» yarimhimoyachisi Tommi Doyl «bo‘rilar» safiga borib qo‘shiladi. «Vulverhempton» uni 5 mln yevro to‘lab, mavsum yakunida sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqda, shu bilan birga, «Siti» futbolchining kelgusi transferidan 50 foizlik ulushga ega bo‘ladi.

Koul Palmer – «Chelsi»da

Mateus Nunesni sotib olga «Manchester Siti» 21 yoshli yarimhimoyachisi Koul Palmerni qo‘yib yubordi. «Chelsi» ushbu futbolchi uchun «shaharliklar» bilan o‘tkazilgan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Romano ma’lumotiga ko‘ra, transfer uchun 40 mln funt to‘lanadi, yana 5 mln funt miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgan. Manchester klubi tarbiyalanuvchisi asosiy jamoada Riyoz Mahrezning o‘rnini egallashi kutilayotgandi, ammo «Siti» bu pozitsiya uchun 60 mln yevroga «Renn»dan belgiyalik vinger Jyeremi Dokuni sotib oldi. Natijada Palmer London klubi bilan 7+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

Leonardo Bonuchchi – «Union»da

«Yuventus» markaziy himoyachisi o‘z kuchini Germaniya chempionatida sinab ko‘rish va bu mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynash maqsadida Italiyani tark etdi. 36 yoshli Bonuchchi «Union»ning yangi a’zosiga aylandi. Leonardo Berlinga kelib tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va bir yillik shartnoma imzoladi. Mavsum oxirida kelishuv yana yilga uzaytirilishi mumkin.

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2023 yil fevralidayoq Bonuchchiga yangi mavsumda uning xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini bildirgandi. Leonardo o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 26 o‘yinda qatnashgan va ikki gol urgandi.

«Borussiya» yangi hujumchi oldi

Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrug «Verder»dan Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tdi. Bu haqda JCh-2022 turniridan keyin ko‘p gapirilgan, o‘shanda u nemislar milliy jamoasida asosiy hujumchiga aylanib, Ispaniya va Kosta-Rika darvozalarini ishg‘ol etgandi. Unga «Bavariya» tomonidan ham qiziqish borligi aytilgandi, shunga qaramay 30 yoshli forvard faqat endigina jamoasini o‘zgartirdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 13 mln yevroni tashkil etgan. Niklas «Verder» uchun jami 142 o‘yinda maydonga tushib, 49 gol urgan va 16 golga uzatma bergan.

«PSJ»da yana bir hujumchi

«PSJ» «Lion» vingeri Bredli Barkola bilan shartnoma imzoladi. Insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, parijliklar klubi Fransiya yoshlar jamoasi a’zosi bo‘lgan 20 yoshli futbolchi uchun 45 mln yevro to‘lagan, bundan tashqari yana 5 mln yevro bonuslar sifatida o‘tkazib berilishi mumkin. Barkolaning transferi «PSJ» futbol masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luish Kampush tashabbusi bilan amalga oshirilgani aytilmoqda.

Avvalroq Romano «Lion» bu transfer doirasida parijliklar klubi futbolchilarini o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallayotgani haqida xabar bergandi, ammo, aftidan, bu shart baribir rad etilgan. Barkola o‘tgan mavsumda «Lion» uchun barcha turnirlar doirasida 31 o‘yinda maydonga tushib, yetti gol urgan va to‘qqiz golga uzatma bergan.

«Arsenal» Tavareshni ijaraga berdi

«Arsenal» himoyachisi Nunu Tavaresh yangi mavsumni «Nottinghem Forest»da ijarada o‘tkazadi. «O‘rmonchilar»da portugaliyalik futbolchini 12 mln yevroga sotib olish huquqi bor. 23 yoshli Tavaresh o‘tgan mavsumni «Marsel»da ijarada o‘tkazib, Liga 1da 31 o‘yinda 6 gol urgandi.

«MYu» darvozabon sotdi va sotib oldi

«Manchester Yunayted» o‘z darvozaboni Din Hendersonni «Kristal Pelas»ga transfer qildi. Kelishuv qiymati 17,5 mln yevroni tashkil etgan, 26 yoshli futbolchi yangi klubi bilan 2028 yilga qadar amal qiluvchi shartnomaga imzo chekkan. «Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida Henderson jami 29 o‘yinda maydonga tushib, 25 gol o‘tkazib yuborgan, 13 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan. U o‘tgan mavsumda ijara asosida «Nottinghem Forest»da o‘ynagandi.

Mankunianliklar Onanaga o‘rinbosar sifatida tezda  boshqa bir darvozabonni safga qo‘shib oldi. «Qizil iblislar» 7 mln yevro evaziga «Fenerbahche» darvozaboni Altay Bayindirni transfer qildi. 25 yoshli posbon  bilan tuzilgan shartnoma 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Bayindir «MYu»da o‘ynaydigan ilk turk futbolchisiga aylandi.

Mavzuga oid