Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Qabr poyiga gul qo‘yilib, Qur’on oyatlari tilovat etildi va duo o‘qildi.
Parlament va hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etgan marosimda Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi: yirik majmualar, shaharlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi berildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil qilindi, Samarqandda maqbara barpo etildi.
Mavzuga oid
11:30 / 14.10.2024
Samarqandda Damas yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
11:26 / 10.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi
14:27 / 09.10.2024
Samarqanddagi YTHda piyoda halok bo‘ldi
12:21 / 07.10.2024