Jahon | 15:25 / 04.09.2023
18835
4 daqiqa o‘qiladi
Baxmut atrofidagi jang maydonlari va Dniproning sayozlashgan o‘zani. Urush suratlari
Ukrainada urushning 557-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrain qo‘shini Rossiya kuchlarining janubiy frontdagi eng mustahkam mudofaa liniyasini yorib o‘tdi, deya xabar berdi UQQ generali, mamlakat janubidagi yurishga boshchilik qilayotgan Oleksandr Tarnavskiy.
- Volodimir Zelenskiy Oleksiy Reznikov Ukraina mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgani haqida ma’lum qildi. U vazirlikka 2021 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. Reznikovning o‘rniga Zelenskiy Rustem Umerovni nomzodini taklif etgan, u 2022 yildan buyon Ukraina davlat mulk fondini boshqarib kelmoqda.
- RF qo‘shini dronlar bilan Odessa oblastiga hujum qildi, tinch aholi vakillaridan ikki kishi jarohat olgan. Rossiya harbiylari bu zarba nishoni yonilg‘i ombori bo‘lganini ma’lum qilgan.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi tasdiqlashicha, RF hukumati prezidentlik saylovlari arafasida safarbarlikning yangi to‘lqinidan qochish uchun qo‘shni mamlakatlar fuqarolarini urushga yollamoqda.
Lvivda «Yengilmas» yarimmarafoni
Baxmut atrofidagi jang maydonlari
Dnipro daryosi sohilining Kaxovka GES portlashidan uch oy keyingi ko‘rinishi
Kaxovka GESdagi hodisa 6 iyun kuni ro‘y bergandi: stansiya portlaganidan keyin katta miqdordagi suvning nazoratsiz chiqib ketishi ro‘y berdi va Dnipro daryosining quyi oqimi bo‘ylab joylashgan 50 dan ortiq aholi yashash manzillarini suv bosdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 52 kishi halok bo‘lgan, Kaxovka suv ombori esa deyarli qurib qoldi.
Frontning turli chekkalaridan suratlar
Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi qismidagi qishloq o‘qqa tutilishi
Mavzuga oid
00:28
AQSh Ukrainani harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 18 ga tushirishga chaqirmoqda
21:58 / 27.11.2024
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
21:03 / 27.11.2024
Uchinchi jahon urushidan qo‘rqqan podkaster Jo Rogan Zelenskiyni so‘kdi. Unga Klichko va boshqa ukrainlar javob qaytardi
17:32 / 27.11.2024