O‘zbekistonda jinoyat sodir etgan shaxslar Bishkekda qo‘lga olindi
Ular yuzni tanuvchi kameralar yordamida ushlandi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi yuzni tanuvchi kameralar yordamida avval O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan xorij fuqarolari qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, 1983 yilda tug‘ilgan X.R. O‘sh shahri bozoridagi yuzni tanish kamerasiga tushib qolgan. Unga nisbatan O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining «O‘g‘rilik» va «Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish» moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. X.R. O‘zbekistonda qidiruvga berilgan.
U bilan birgalikda soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun qidiruvda bo‘lgan 1978 yilda tug‘ilgan X.Yu. ham ushlangan.
Ikkalasi ham Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtinchalik hibsxonasiga joylashtirilgan. Ular keyinroq O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 12.10.2024
Qirg‘iziston xavfsizlik qo‘mitasi rahbari xodimlariga 5-6 farzandli bo‘lishni buyurdi
19:32 / 10.10.2024
Jonli efirda «xotini qiz tug‘sa, chiqindiga tashlab yuborishi»ni aytgan tiktokerga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20:39 / 03.10.2024
Sadir Japarov Qirg‘izistonda yashovchi milliarderlardan yordam so‘radi
21:40 / 02.10.2024