Xitoydan O‘zbekistonga navbatdagi transchegaraviy yuk tashish yo‘li ochildi
261 ta avtomobil ortilgan poyezd Lyuchjou shahridan Toshkent tomon yo‘lga chiqdi.
Xitoy janubidagi Lyuchjou shahridan O‘zbekistonga «Xitoy-Markaziy Osiyo» yuk tashuvi doirasida birinchi poyezd jo‘nab ketdi. Bu haqda Xitoy matbuoti xabar berdi.
261 ta avtomobil ortilgan poyezd 30 avgust kuni yo‘lga chiqdi va ikki haftadan ko‘proq vaqtda O‘zbekistonga yetib keladi.
«Lyuchjou-Toshkent» yo‘nalishi Xitoy-Yevropa va Xitoy-Markaziy Osiyo yuk tashuvlari doirasidagi oltinchi transchegaraviy kanalga aylandi. So‘nggi yillarda Lyuchjou joylashgan Guansi-Chjuan avtonom viloyatining ma’muriy markazi Nanning shahridagi Xitoy temiryo‘llari boshqarmasi tomonidan Nanning-Moskva, Nanning-Olmaota, Lyuchjou-Moskva, Lyuchjou-Olmaota va Nanning-Toshkent yo‘nalishida yuk tashuvlari ochilgan edi.
Ushbu kanallar orqali Guansi-Chjuan avtonom viloyatidan avtomobillar, og‘ir texnika, oziq-ovqat va boshqa tovarlar eksport qilinadi.
Lyuchjou Xitoyda avtomobil qismlarini ishlab chiqarish va transport vositalari va butlovchi qismlarni eksport qilishning asosiy bazasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:10 / 14.10.2024
Xitoy Tayvan yaqinida yangi harbiy mashqlarni boshladi
23:37 / 13.10.2024
Tayvan Xitoy aviatashuvchisi sabab o‘z qo‘shinlarini jangovar shay holatga keltirdi
20:44 / 11.10.2024
Xitoyning changyutgich-robotlari to‘satdan o‘z egalarini quvib, so‘kinishni boshladi
17:18 / 11.10.2024