Jahon | 14:34 / 06.09.2023
26847
6 daqiqa o‘qiladi

Frontni aylangan Zelenskiy va qo‘llarini yo‘qotgan askar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 559-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrain nashrlari va telegram-kanallarda RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 200 ming kishini safarbar qilish to‘g‘risidagi «buyrug‘i» tarqaldi. Regional rasmiylar uni feyk deb atashdi. Davlat dumasidagilar hozirda safarbarlikka hojat yo‘qligini aytishdi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik oligarx Mixail Fridmanni «Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini moliyalashtirish»da gumonladi.
  • Erdo‘g‘an Sochida 4 sentabr kuni Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin Ukrainadagi urush haqida gapirib,  «istiqbolda Ukrainada tinchlikka erishish imkoniyatlari ko‘rinmayotgani»ni aytdi.
  • RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AFP jurnalistiga undan general Sergey Surovikin haqida so‘rashdan ma’no yo‘qligini bildirdi, biroz avvalroq The New York Times manbalari u ozod etilganini tasdiqlagandi.
  • Kuba hukumati odamlar savdosi bo‘yicha tarmoqni fosh etdi. Uning ishtirokchilari RFda yashovchi kubaliklarni Ukrainadagi urushga yollash bilan ham shug‘ullangan.
  • Kaluga, Tver va Moskva oblastlarida dronlar urib tushirildi. Moskva yaqinida «xo‘jalik obekti» shikastlangan.

Baxmut yaqinida zarbalar ostida jang qilayotgan ukrain harbiylari

Ukraina qurolli kuchlarining «Steytem» chaqiruv belgisiga ega harbiysi — u 3-alohida shturm brigadasida xizmat qiladi — Baxmut yaqinidagi xandaqda rossiyaliklarning zarbalaridan yashirinmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
«Steytem» o‘z quroldoshi, otishma vaqtida og‘ir yarador bo‘lgan «Plamya» laqabli 19 yoshli soldatga yordam ko‘rsatmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Yarador ukrain askari Baxmut yaqinidagi pozitsiyadan evakuatsiya qilinishini kutish chog‘ida
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Zelenskiyning Donetsk oblastiga tashrifi 

Volodimir Zelenskiyga Ukraina QKning Donetsk oblastidagi pozitsiyalariga tashrifi vaqtida unga hamrohlik qilayotgan zirhlangan harbiy avtomobil. Ukraina prezidenti «Donetsk» operativ-taktik guruhi tarkibida jang qilayotgan jangovar brigadalarni borib ko‘rdi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / imago images / Scanpix / LETA
«Muhim hisobotlar, muammoli masalalar, ko‘paytirish talab etiladigan ta’minot, brigadalar ta’minoti bo‘yicha boshqaruvning qo‘shimcha tizimini yaratish, jangchilarimiz ishtiyoqini oshirish. Bir kunda sakkiz brigadada bo‘ldik. Har biri o‘zgacha, ammo barchasi kuchli! Davlatimizga har kuni berayotgan natijalaringiz uchun rahmat, jangchilar!» — deya yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti harbiylar bilan. 5 sentabr kuni Zelenskiy Pavel Kirilenkoni Donetsk oblasti davlat administratsiyasi rahbarligidan «o‘z arizasiga ko‘ra» ishdan bo‘shatdi. «Ukrainskaya pravda» ma’lumotiga ko‘ra, Kirilenkoni Antimonopol qo‘mita rahbarligiga tayinlash rejalashtirilmoqda.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi ukrain minomyotchilari 

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ko‘zi va qo‘llarini yo‘qotgan ukrainalik jangchi

Ukrainalik harbiy Andrey Smolenskiy shifoxonada. Avvaliga u salomatligidagi holat tufayli armiyada xizmat qilishga yaroqsiz deb topilgandi, ammo u harbiy komissariat ruxsatini olishga erishadi va keng ko‘lamli bosqin boshida frontga yo‘l oladi. 2023 yil mayida Smolenskiy otishma ostida qoladi (aynan qayerdaligi aniq emas), ikki qo‘lini yo‘qotadi, shuningdek ko‘rish va qisman eshitish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi.
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shifoxonada Andrey bilan birga rafiqasi Alina ham yashamoqda. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida erining holati haqida yozib boradi — u qanday tuzalayotganini hikoya qiladi.
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Rossiya okkupatsiyasidan ozod etilgan qishloqdagi uyiga qaytgan ukrainalik ayol

60 yoshli Irina — Xarkiv oblastidagi Dolgenke qishlog‘ida yashaydi — o‘zining vayron bo‘lgan uyiga qaytgan. Dolgenke rossiyalik harbiylar 2022 yil 1 aprelida bosib olgan Izyum shahridan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan. O‘sha yil sentabrida Ukraina qurolli kuchlari Izyumni ozod etgandi — va bu yerda 445 jasad ko‘milgan ommaviy qabr aniqlangandi. Rossiya ishg‘oli ostidagi yarim yil ichida Izyumda mingga yaqin tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Irinaning uyi yonidagi devordagi suratlar. Dolgenke 2022 yil 11 iyunda bosib olingan — Irina rossiyaliklar kelgunicha evakuatsiya bo‘lishga ulgurgan. Ukraina harbiylari Dolgenkeni ham xuddi Izyum kabi sentabr oyida ozod etishgan. Qaytganida (aynan qachonligi ma’lum emas), Irina o‘zining vayron bo‘lgan uyi, shuningdek, uy xarobalari orasida 39 yoshli o‘g‘li Romanning jasadi ustidan chiqadi.
Cathal McNaughton / EPA / Scanpix / LETA
Irina o‘g‘lining qabri tepasida yig‘lamoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Cathal McNaughton / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid