O‘zbekiston | 07:34 / 07.09.2023
3531
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat OTM talabalar ijara to‘lovining 50 foizini qoplab berishi kerak

Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida - bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda - bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi kerak. 

Vazirlar Mahkamasi tegishli qaroriga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijarada yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi;

ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi;

oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

Mavzuga oid