Gurjiston prezidenti impichment fonida iste’foga chiqmasligini ma’lum qildi
Zurabishvili faqat Gurjiston xalqi oldida javob berishini ta’kidladi.
Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili hukmron partiyaning unga nisbatan impichment e’lon qilishga urinishlari fonida iste’foga chiqmoqchi emasligini aytdi.
Bu haqda u Gurjiston jamoat teleradiokompaniyasining Birinchi kanali orqali efirga uzatilgan telemurojaatida aytdi.
«Men hech qaerga ketmayman... O‘ylashimcha, hamma mening iste’foga chiqishim bo‘yicha umidlarni unutishi kerak», - deya ta’kidladi Zurabishvili.
Zurabishvili faqat Gurjiston xalqi oldida javob berishini ta’kidladi.
«Men faqat sizning oldingizda javob beraman, chunki siz meni tanladingiz va bu tanlov uchun men katta mas’uliyatni his qilyapman. Siz meni tanladingiz, men butun umrim davomida Yevropa tarafdori bo‘lib kelganman, Gurjistonning Yevropa kelajagini qo‘llab-quvvatlaganman», - dedi Gurjiston prezidenti.
O‘tgan hafta «Gurjiston orzusi» Salome Zurabishvili hukumat tomonidan ma’qullanmagan tashriflarga borgani uchun unga qarshi impichment jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
14:30
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi
16:10 / 11.10.2024
Putin Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirdi
09:00 / 08.10.2024
Gurjiston parlamenti prezidentga impichment jarayonini qayta boshlaydi
22:42 / 07.10.2024