Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yerevanda Rossiya bilan ittifoqchilikka shubha paydo bo‘lgan” - RF Armanistonni seriyali nodo‘stona qadamlarda aybladi
RF Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bayonotda Armanistonga nisbatan bir qator ayblovlar qo‘yilgan, arman elchisi chaqirilib, unga Moskva Yerevandan jiddiy norozi ekani aytilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armanistonning Moskvadagi elchisi Vagarshak Arutyunyanni chaqirib, unga “qattiq e’tiroz” bildirdi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, elchining chaqirtirilishiga Armaniston tomonidan “oxirgi kunlarda seriyali tarzda nodo‘stona qadamlar tashlangani” sabab bo‘lgan.
Bayonotda aytilishicha, bu qadamlar seriyasiga, jumladan, quyidagilar kiradi:
- Armanistonda Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilish jarayoni boshlangani;
- Armaniston bosh vaziri Anna Akopyanning turmush o‘rtog‘i Kiyevga borib, insonparvarlik yordamini topshirib kelgani;
- Armaniston hududida AQSh ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi.
Rasmiy Moskvaning bildirishicha, oxirgi vaqtlarda Armaniston rasmiy doiralari va siyosiy elitasida Rossiya bilan ham KXShT doirasida, ham ikki tomonlama asosda ittifoqchilik aloqalari bo‘lishining maqsadga muvofiqligiga nisbatan muayyan shubha paydo bo‘lgan.
Shuningdek, Yerevandagilar arman-ozar munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha 2020-2022 yillarda Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasida uch tomonlama tuzilgan kelishuvlarga nisbatan ham shubha bildirayotgani aytiladi.
Bayonotda aytilishicha, RF TIV yuqoridagilar uchun arman elchisiga “qattiq arz” bildirgan. Shuningdek, elchiga Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan tomonidan RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga nisbatan aytilgan “haqoratli gaplar” yuzasidan norozilik notasi topshirilgan.
Bu voqea Zaxarovaning Armaniston Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini tan olgani haqidagi gapidan boshlangan, Alen Simonyan bu gapni absurd deb atashi ortidan, Zaxarova uni qo‘pollashishda ayblagandi. “Men qandaydir idoraning qandaydir kotibasiga javob bermoqchi emasman, bu mening darajam emas”, deya ayblovga javob bergandi Armaniston Milliy kengashi raisi.
Kun.uz avvalroq xabar berganidek, Ozarboyjon Armaniston bilan chegara yaqiniga harbiy kuchlar olib kelishi fonida, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan jahon hamjamiyatidan “yangi portlash”ning oldini olishni so‘radi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025