Jahon | 15:22 / 08.09.2023
17592
5 daqiqa o‘qiladi

Rostovga dron zarbasi va Donetskdagi saylov. Urush suratlari

Ukrainada urushning 561-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Pentagon Ukraina harbiy ehtiyojlari uchun 600 million dollar ajratadi, bu yordam minalardan tozalash uskunalari havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, artilleriya o‘q-dorilarini o‘z ichiga oladi.
  • Ilon Maskning Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan biografiyasida aytilishicha, 2022 yilda biznesmen Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya flotiga hujumini barbod etish uchun Qrim atrofida Starlink tizimini o‘chirib qo‘yishga ko‘rsatma bergan. Mask bunga javoban sun’iy yo‘ldoshni o‘chirib qo‘yishga buyruq bermagani, chunki yarimorolda tizim shusiz ham ishlamaganini aytgan. U shuningdek ukrain harbiylari so‘roviga ko‘ra Rossiya flotiga hujum qilish uchun Starlink’ni yoqishni rad qilganini qayd etgan. Mask bunday qaror qabul qilishiga sabab Rossiyaning javoban yadroviy quroldan foydalanishidan cho‘chishi bo‘lgan.
  • «Vagner» XHK yollanma jangchilarni yollashni to‘xtatdi, deyiladi tashkilotning yirik chatida. «Mediazona» ma’lumotiga ko‘ra, «pul bilan muammo yuzaga kelgani» tufayli odamlarni yollash to‘xtatilgan.
  • Peterburgda mudofaa vazirligi iltimosiga ko‘ra, Lelingrad qamali yakunlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bekor qilindi, u 2024 yil 27 yanvar kuni o‘tkazilishi belgilangandi.
  • Volgograd oblasti keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon ilk bor dronlar hujumiga yo‘liqdi. Dron urib tushirilgan, u harbiy qism hududiga qulagan.
  • «Gosuslugi» («Davlat xizmatlari») portalida anneksiya qilingan regionlar aholisi uchun «Ya v Rossii» («Men Rossiyadaman») loyihasi ishga tushirildi. Uning tashkil etilishi Dmitriy Medvedevning 28 yoshli o‘g‘li tomonidan muvofiqlashtirilgan.
  • Rossiya FXX Rossiya aviatexnika qismlarining Yevropaga, «jumladan Ukraina qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun» noqonuniy yetkazib berilishi fosh etilgani haqida e’lon qildi.

Ukraina QKning Baxmut yaqinidagi tibbiyot punkti

Baxmut atrofida joylashgan tibbiy barqarorlashtirish punktida ukrain askarlariga yordam ko‘rsatayotgan shifokorlar
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik yarador harbiy xizmatchilar shifokor uchun navbatda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Raketa portlashidan keyingi Konstantinovka

6 sentabr kuni Donetsk oblastining Konstantinovka shahrida raketa portlashi oqibatida, Ukraina tomoni rasmiylariga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lib, yana 33 kishi yaralangan. Zarba fuqarolik obektlariga kelgan — bozor, do‘konlar, dorixona, ma’muriy bino, shuningdek, turar joy binosi. Ukraina hukumati Rossiyani Konstantinovka bo‘ylab zarba berishda ayblagan. Conflict Intelligence Team (CIT) tadqiqot guruhi asoschisi Ruslan Leviyev esa raketa ukrainlarniki bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Rossiya hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Donetskdagi hayot 

Anneksiya qilingan «DXR»dagi qabriston
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Donetskda «Yedinaya Rossiya» partiyasi tashviqoti. Anneksiya qilingan «DXR» hududida ilk bor Rossiya saylovlari o‘tkaziladi 
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Donetsk osmonida uchayotgan vertolyot
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Rostovda dron portlashi 

7 sentabrga o‘tar kechasi Rostov-na-Donda ukrainlarning ikki droni qulab tushdi, ular havo hujumidan mudofaa kuchlari vositalari tomonidan urib tushirilgan. Dronlardan biri shaharning g‘arbiy qismiga tushgan, ikkinchisi esa — markazga. Bir qancha binolar fasadlari shikastlangan va deraza oynalari to‘kilib tushgan.
AP / Scanpix / LETA
Rostov-na-Donga dronlar hujumi chog‘ida bir kishi jarohat olgan. U oyog‘idagi jarohat bilan shifokorlarga murojaat qilgan, ammo yakunda shifoxonaga yotishdan bosh tortgan.
EPA / Scanpix / LETA

Rostov-na-Donda kommunal xizmat xodimlari dron qulagan hududdagi trotuarni supurmoqda
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid