Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev halokatli zilzila tufayli Marokash podshohiga ta’ziya bildirdi
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Foto: Reuters
Marokash davlatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani sababli O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash podshohi Muhammad VI nomiga ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
9 sentabr kuni Marokashda 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda ko‘plab binolar vayron bo‘lgani, mingga yaqin odam halok bo‘lgani va jarohat olgani haqida xabar berildi. Hududda qutqaruv ishlari boshlab yuborildi, jabrlanganlar soni yanada oshishi mumkin.
Mavzuga oid
21:35 / 09.10.2024
Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
19:12 / 24.08.2024
Marokashdagi Royal Mansour mehmonxonasi «Mehmondo‘stlik san’ati» mukofotiga loyiq ko‘rildi
19:45 / 06.02.2024