Jahon | 19:12 / 24.08.2024
3166
2 daqiqa o‘qiladi

Marokashdagi Royal Mansour mehmonxonasi «Mehmondo‘stlik san’ati» mukofotiga loyiq ko‘rildi

2010 yilda podshoh Muhammad VI tomonidan ochilgan Royal Mansour Marrakech haqiqiy hashamat namunasiga aylangan bo‘lib, u Marokashning qadimiy obidalari yaqinida joylashgan.

Foto: Royal Mansour Marrakech

Marokashdagi Royal Mansour mehmonxonasi 2024 yilgi «Mehmonxona san’ati» mukofotiga loyiq ko‘rildi, deb xabar beradi CNN. 2010 yilda podshoh Muhammad VI tomonidan Royal Mansour Marrakech haqiqiy hashamat namunasiga aylangan.

Mehmonxona Marokashning qadimiy obidalari yaqinida joylashgan. U yerda mehmonlar uchun to‘rtta hashamatli restoran joylashgan bo‘lib, «Dunyoning eng yaxshi 50 mehmonxonasi» reytingi doirasida beriladigan «Mehmondo‘stlik san’ati» mukofoti mehmonxona a’lo darajada xizmat ko‘rsatishidan dalolat beradi.

The World’s 50 Best Hotels reytingining kontent bo‘limi rahbari Emma Sleyt Royal Mansour’ni o‘tgan yil sentabrda Marokashda yuz bergan halokatli zilziladan keyin ham barqarorligi va yuqori standartlarini saqlab qolgani uchun e’tirof etdi.

Marokashda sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila mamlakatda ko‘plab vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan edi. Qiyinchiliklarga qaramay mehmonxona o‘z mijozlariga hayratlanarli taassurotlar taqdim etishni to‘xtatmagan.

Mukofotni topshirish bo‘yicha qaror mehmonxona biznesidagi 600 nafar anonim ekspert tomonidan qabul qilingan. Royal Mansour boshqaruv direktori Jan-Klod Messan ushbu mukofotga loyiq ko‘rishganidan faxrlanishini aytib, jamoaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

2024 yilda dunyoning eng yaxshi 50 mehmonxonasi ro‘yxati 17 sentabr kuni Londonda e’lon qilinadi. O‘tgan yili oliy mukofot Shotlandiyaning Gleneagles mehmonxonasiga nasib etgandi.

Mavzuga oid