O‘zbekiston | 13:58 / 13.09.2023
11108
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bayrog‘i ilk marta Osiyoning eng baland vulqoniga olib chiqildi

“Sirli O‘zbekiston” jamoasi vakillari Sharof Egamberdiyev va Shuhrat Odilov Osiyo qit’asidagi eng baland vulqon cho‘qqisi – Eron shimolida joylashgan Demavend cho‘qqisini zabt etib, dengiz sathidan 5610 metr balandlikda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishdi.

Foto: “Sirli O‘zbekiston” jamoasi

Dunyoning eng baland cho‘qqisi bo‘lmish Everest Nepalning, Kilimanjaro esa Afrikaning ramzi sanaladi, Eronning tashrif qog‘ozi esa – Demavend cho‘qqisidir.

Alpinistlar bu yerga Kun.uz sayti logotipi tushirilgan bayroqni ham olib chiqishgan.

Uyqudagi vulqon Mozandaron viloyati janubida joylashgan. Dengiz sathidan 5610 metr balandlikka cho‘zilgan cho‘qqi nafaqat Eronning, balki butun Yaqin Sharqning eng baland nuqtasi hisoblanadi.

Osiyodagi eng baland vulqon bo‘lmish Demavend alpinistlarning yetti qit’adagi eng baland vulqonlarni o‘z ichiga olgan “7 vulqon” nomli maqsad-kolleksiyasiga kiradi.

“Demavendning qor qoplagan, “osmonga tayanch bo‘lib turgan” cho‘qqisi o‘nlab kilometrlar masofadan ko‘rinib turadi. Vulqonning otilishi oxirgi marta 7 ming yil ro‘y bergan. Hozirda uning yonbag‘irlarining yuqori qismi abadiy muzliklar bilan qoplangan bo‘lib, cho‘qqiga yaqin joylarda issiq vodorod sulfidi gazlarining oqimlari chiqib turadi”, – deydi cho‘qqini zabt etgan o‘zbekistonlik alpinistlar.

Mavzuga oid