O‘zbekiston | 07:17 / 14.09.2023
2304
1 daqiqa o‘qiladi

15–35 yoshdagi xotin-qizlar ayrim preparatlar bilan bepul ta’minlanadi

O‘zbekistonda 15-35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlash ishlari rivojlantiriladi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasiga ko‘ra, chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovi kamida 50 foizga oshiriladi. Bolalar o‘rtasida irsiy kasalliklar 2 barobarga qisqartiradi. Tug‘uruq o‘rinlari soni 35 foizga oshiriladi.

6–23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni, 2–10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar, 3–15 yoshdagi bolalarni yod preparati, 15–35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlash ishlari rivojlantiriladi.

Chora-tadbirlar natijasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tarqalishi 20 foizga qisqarishiga erishiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid