Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya elektr energiyasidan butkul uzilib qoldi
200 milliondan ortiq aholiga ega mamlakatda energiya inqirozi yuz berdi.
Nigeriyada elektr energiyasi tizimida ommaviy uzilish yuz berdi. Mamlakatning deyarli butun aholisi - 200 milliondan ortiq kishi elektr energiyasisiz qoldi. Energetika kompaniyalari buni «tizimning to‘liq qulashi» deb nomladi.
Mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish nolga tushdi, deb xabar berdi Reuters. Keyinchalik u qisman tiklandi, lekin odatdagidan ancha past darajada bo‘lib qoldi.
Uzilish Nigeriyaning barcha 36 shtatida va poytaxt Abujada sodir bo‘lgan.
Nigeriyada muntazam ravishda elektr uzilishlari kuzatiladi. 2022 yilda bu to‘rt marta sodir bo‘lgan.
Shu bilan birga, Nigeriya — energiya resurslarining asosiy ishlab chiqaruvchisi. Ushbu davlat OPEK a’zosi bo‘lib, dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega 10 ta davlatdan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025