Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Ukraina tinchlik uchun o‘z hududlaridan voz kechmaydi
Ukraina prezidenti, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi sekin ketayotganini, biroq Ukraina qo‘shinlari oldinga siljishda davom etayotganini tan oldi.
Ukraina tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy yon bosmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.
«Yo‘q. Bu bizning hududimiz», — dedi siyosatchi Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida Ukraina o‘z hududlarining bir qismidan voz kechishi mumkinmi, degan savolga javob qaytarib.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujum sur’ati haqida ham fikr bildirdi.
Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi sekin ketayotganini, biroq Ukraina qo‘shinlari oldinga siljishda davom etayotganini tan oldi. «Bu qiyin vaziyat - men sizga ochiqchasiga etaman. Tashabbus bizda, bu - plyus. Bu juda muhim. Shunga qaramay, harakat juda tez emas. Ammo biz har kuni oldinga intilishimiz muhim», dedi u.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025