Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI tashqi ishlar vazirlari navbatdagi yig‘ilishini Kiyevda o‘tkazadi
YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning aytishicha, uchrashuv yaqin haftalarda bo‘lib o‘tadi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi ilk bor Kiyevda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining (YeI) tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, uchrashuv yaqin haftalarda bo‘lib o‘tadi.
«Biz imkon qadar ko‘proq BMT a’zolari tinchlik formulasini qo‘llab-quvvatlashi uchun Ukraina bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz. Shu maqsadda Yevropa Ittifoqining barcha tashqi ishlar vazirlari o‘z hamkorlari bilan intensiv aloqalarni to‘xtatmaydi», — dedi siyosatchi Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasidagi Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvida.
Unga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida yevropalik vazirlar Ukraina oldidagi xavfsizlik bo‘yicha majburiyatlarni muhokama qilgan.
Diplomat Ukrainadagi urushni tugatish uchun barcha sa’y-harakatlarni ko‘rishga chaqirdi. «Odamlar har kuni o‘lyapti. Bu qanchalik tez tugasa, shunchalik ko‘p qurbonlarning oldini oladi», - dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025