O‘zbekiston | 10:06 / 20.09.2023
6111
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlik va hokimliklar xodimlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi

Sport sinovlarini topshirishda 27 ta vazirlik, idora va tashkilot xodimlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi hamda 207 ta tuman (shahar) hokimliklari xodimlari qatnashishi kutilmoqda. 

Joriy yil 20 sentabrdan Toshkent shahar, Mirobod tumanidagi 1-sonli sport maktabida mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan vazirlik, idora va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlardan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilish jarayoni boshlanadi

Rejaga ko‘ra, ushbu tadbirlar 22 sentabrga qadar ixtiyoriy tarzda davom etadi. 

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman hokimliklarida 23 sentabr kuni o‘tkazilishi belgilangan. 

Sport sinovlarini topshirishda 27 ta vazirlik, idora va tashkilot xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi hamda 207 ta tuman (shahar) hokimliklari xodimlari qatnashishi kutilmoqda. 

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari ixtiyoriy talablar asosida tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid