O‘zbekiston | 07:27 / 21.09.2023
7237
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi

20 sentabrdan barcha maktab va bolalar bog‘chalarida yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi. Endi chorshanba kunlari bolalarni yod yetishmovchiligidan himoya qilish uchun ularga profilaktik dozada yod tabletkalari beriladi. 

Foto: Telegram / yodiching

20 sentabrdan O‘zbekistonda «Yorqin millat» dasturi bo‘yicha yod bilan ta’minlash ishlari boshlandi, deya xabar berdi Gazeta.uz.

Yod preparatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi orqali 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun bepul taqdim etiladi.

Har chorshanba yod kuni sifatida belgilanib, shu kunda mamlakatning barcha maktablari va bolalar bog‘chalarida profilaktik dozada yod tabletkalarini bepul tarqatish amalga oshiriladi.

Homilador va emizikli ayollar, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalar «Yorqin millat» yod bilan ta’minlash dasturi doirasida oilaviy shifokorlar orqali yod preparatlarini bepul oladi. Preparat va doza O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tanlangan.

Xususiy bog‘cha va maktablar kerakli miqdordagi dori-darmonlarni o‘zlari joylashgan joydagi klinikalarga murojaat qilib olishi kerak. Dasturni samarali amalga oshirish uchun dori tarqatilayotgan muassasadagilarning ota-onalari va ma’muriyatning muntazam onlayn so‘rovlari orqali monitoring amalga oshiriladi.

Mavzuga oid