Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha O‘zbekistonda qurilish mollari ishlab chiqaruvchi zavod quradi
Yangi zavod qurilishi uchun rejalashtirilgan investitsiyalar hajmi taxminan 7-10 million dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston elchisi Bahrom Boboyev Polshaning Luba Sohn Holding kompaniyasi rahbari Kshishtof Slabi bilan uchrashdi, deb xabar beryapti “Dunyo”.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda turar joylar, binolar va sanoat inshootlarini termal modernizatsiyalashda qo‘llanadigan ko‘pikli polistirol bloklar (penoplast) hamda butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritish masalasi muhokama qilindi.
Yangi zavod qurilishi uchun rejalashtirilgan investitsiyalar hajmi taxminan 7-10 million dollarni tashkil etadi. Zavod 300-400 nafar kishini ish bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
5 gektar maydonni tashkil etuvchi zavod ishlab chiqarish bo‘limlari, logistika markazi, laboratoriya, tayyor mahsulot omborlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston elchixonasi tez orada investitsiya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida Luba Sohn Holding va «O‘zqurilishmateriallari» mas’ul xodimlari va mutaxassislari ishtirokida videokonferensiya tashkil etadi. Uning natijasida Polsha kompaniyasi delegatsiyasini joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025