Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Kanada fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi
Bu qaror Kanadada sikx separatistik tashkiloti rahbari o‘ldirilishi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan bir paytda qabul qilindi.
Hindiston Kanada fuqarolari uchun vizalar berishni vaqtincha to‘xtatdi.
Bu haqda Kanadaning viza markazlari bilan shug‘ullanuvchi BLS International Services kompaniyasi saytida ma’lum qilindi.
Qaror Kanadada «Xaliston ozodlik kuchlari» (KLF) yetakchisi Hardip Singx Nijjar o‘ldirilganidan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan bir paytda qabul qilindi.
Xabarga ko‘ra, vizalar berish 2023 yil 21 sentabrdan boshlab «keyingi topshiriqlarga qadar» to‘xtatildi.
Hindiston rasmiylari vakili mahalliy OAVga bergan intervyusida ma’lumotni tasdiqladi. Biroq Nyu-Dehli bu qadam haqida izoh bermadi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
11:37 / 26.05.2025