“Piyodalar o‘tish joylari to‘g‘ri tashkil qilinmagan” - ekspert yo‘llardagi o‘limlar haqida
O‘zbekistonda insonlar uchun piyodalar o‘tish joyidan o‘tish belgilanmagan joylardan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq, chunki piyodalar o‘tish joylari yaxshi tashkil qilinmagan, deydi yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ekspert Nosirjon Zokirov.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 7 oyida sodir bo‘lgan YTHlar natijasida 1115 kishi vafot etgan, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Afsuski, halok bo‘lganlar orasida piyodalar soni ham salmoqli – 400 kishidan ortadi.
Kun.uz jamiyatimiz uchun dolzarb bo‘lib turgan ushbu masala yuzasidan mas’ullar bilan suhbat uyushtirdi.
Nosirjon Zokirov, ekspert:
— O‘zbekistonda piyodalar uchun piyodalar o‘tish joylaridan o‘tish belgilanmagan joylardan o‘tishga qaraganda xavfliroq. Chunki piyodalar o‘tish joylari yaxshi tashkil qilinmagan.
Yaqinda o‘zimiz ham ko‘rdik: Toshkentning o‘zida bir necha holatda piyodalarni mashina urib ketdi va ular o‘lim bilan tugadi. Masalan, Zulfiyaxonim ko‘chasida 2022 yil dekabr oyida YTH sodir bo‘ldi. Bolasi bilan yo‘ldan o‘tayotgan ayolni haydovchi mashinada urib ketdi. Ayol komaga tushdi, bolasi omon qoldi. Shu YTH bo‘yicha chiqish qildim. Keyin Toshkent shahar YHXB menga aloqaga chiqib, menga o‘sha yerdagi piyodalar o‘tish joyini bildiruvchi belgini to‘g‘rilab qo‘yilganini ko‘rsatishdi. Belgi juda past joylashgan edi, haydovchida o‘sha belgini ko‘rishning umuman iloji bo‘lmagan. Men uni oqlayotganim yo‘q, u yerda bir qancha belgilar uni orasida to‘silib ham qolgan. Chap tomonda xavfsizlik orolchasi yo‘q. Shunday xavfli joyda, albatta yo‘lni o‘rtasida xavfsizlik orolchasi qilish kerak, haydovchi o‘ngdagi belgini ko‘rmasa, chapdagisini ko‘rishi kerak.
Bu borada bir taklif bor, mas’ullar eshitishadi, lekin qilishmaydi,. YTH bo‘lgan vaqtda mas’ullar belgilar o‘rnatilgan, deb chiqadi. To‘g‘ri, 5.16.1 belgilari o‘rnatilgan va ular bevosita piyodalar o‘tish joyi oldiga o‘rnatilgan. Lekin haydovchilar uchun “1.20 – Piyodalar o‘tish joyi” ogohlantiruvchi belgisi kamdan kam holatda qo‘yiladi. U belgini ko‘rganidan keyin haydovchi tezlikni pasaytirib, hushyorlikni oshiradi va yaqin orada piyodalar o‘tish joyi borligidan ogoh bo‘ladi.
Bu belgi nafaqat o‘ng tomonga, agar ajratuvchi bo‘lak bo‘lsa chap tomonga ham o‘rnatilishi kerak bo‘lgan belgi. Lekin Toshkentda yo‘lning chap tomoniga o‘rnatilgani 10 ta ham chiqmaydi. Shuni gapirsangiz, [mas’ullar]: “Yo‘q, davlat standarti bo‘yicha piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashuv ko‘rinish 150 metrdan kam bo‘lsa, bu belgi o‘rnatilmaydi” deydi. Aslida, bu belgini ortiqcha qo‘yib qo‘ysa yoki noo‘rin qo‘ysa ham hech qanday huquqiy oqibat yo‘q. haydovchiga oldin ikki tomonlama belgilarni qo‘yamiz, ko‘rib tezlikni pasaytiradi. Sharoit yaratish shunaqa bo‘ladi. Hozir piyodalar o‘tish joyini birdan ko‘rib qoladi yoki daraxtni orqasida bo‘ladimi u belgi…
Hozir bunaqa belgini yuz minglab tayyorlash kerak va qo‘yish kerak. Viloyatlarda ancha-muncha ahvol yaxshi, lekin Toshkentda yaxshi emas. Tezlikni 60 qilganimiz bilan haliyam haydovchini xayolida yuqori tezlikda yurish, u birdaniga mashinasini to‘xtata olmaydi. Shunday tajriba roliklari bor. Agar 60 km/soat tezlikda kelayotib xavfni ko‘rgan haydovchi tormozni bossa, urilayotgandagi tezligi 5 km/soat bo‘ladi. Shunday holatda 65 km/soat tezlikda bo‘lsa, urilayotgandagi tezlik 27 km/soat bo‘ladi. Bunday tezlik, albatta, piyodaning o‘limiga olib keladi. Shuning uchun aytmoqchiman, tezlikni pasaytirish bilan birga haydovchiga sharoit yaratish uchun shunday belgilar muhim.
— Piyodalar o‘tish joylari. Ko‘pchilik aytadiki, yaqin o‘rtada o‘tish joyi bo‘lmagani uchun mumkin bo‘lmagan joydan o‘tishga majbur bo‘ldim, deyishadi. Bizda piyodalar o‘tish joylari yetarlimi o‘zi?
Erali Bozorov, IIV JXD YHXX boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik:
— Respublikamizda piyodalar o‘tish joylari yetarli emas, tan olish kerak. Borlari ham talabga javob bermaydi. Umummilliy dasturimizda bu masala ham belgilangan. O‘zimiz xohlardikki, barcha piyodalar o‘tish joylari tartibga solingan, ya’ni svetoforlar bilan boshqarilishi kerak. Svetofor bo‘lmagan holatda ham barcha yo‘l belgilari o‘rnatilgan, yo‘l chiziqlari chizilgan bo‘lishi lozim. Umummilliy dasturda 2026 yilgacha qilinadigan ishlar belgilangan bu bo‘yicha, agar amal oshirsak, ancha yaxshilanar, piyodalar bilan bog‘liq YTHlar kamaygan bo‘lardi.
Nosirjon Zokirov:
— Yo‘l qoidasiga amal qilgan haydovchi – madaniyatli haydovchi. Qoidalarni o‘qishlari, mas’uliyatli bo‘lishlari kerak. Profilaktika ishlari bo‘lishi kerak, targ‘ibot qilish kerak. Choralarni qilish kerak, iqtisodiy tomon deymiz, lekin bir insonning hayoti bebaho.
Avtomobillar ko‘payib borayotgan bir paytda umumiy YTHlar sonini kamaytirib bo‘lmaydi. Biz asosan og‘ir oqibati YTHlarni kamaytirishga urinishimiz kerak.
- To‘liq suhbatni yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Farrux Absattarov suhbatlashdi.
Tasvirchi: Mirvohid Mirrahimov
Montaj ustasi: Muhiddin Nido
Mavzuga oid
17:02 / 10.11.2024
Rossiyadagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
12:31 / 10.11.2024
2024 yilda Jizzax viloyatida bolalar ishtirokida 59 ta YTH sodir bo‘ldi
10:30 / 10.11.2024
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
08:08 / 08.11.2024