Qorabog‘lik etnik armanlar Armanistonga jo‘nab ketyapti
Mamlakat hukumatiga ko‘ra, Armanistonga Qorabog‘dan 5 mingga yaqin kishi yetib borgan. Ular uchun Syunik viloyatining Goris shahrida qabul markazi tashkil etildi.

Foto: Alexander Patrin/TASS/dpa/picture alliance
Qorabog‘dan minglab qochqinlar o‘tgan hafta Bokuning bo‘lginchi Ozarboyjon hududi ustidan qozonilgan g‘alabasini sharaflash maqsadida o‘tkazilgan Ozarboyjon va Turkiya rahbarlari sammiti oldidan Armanistonga jo‘nab ketdi. 25 sentabr, dushanba kungi holatga ko‘ra, Qorabog‘dan Armanistonga kamida 4850 kishi yetib kelgan, deb xabar berdi Yerevan hukumati.
Undan atigi yetti soat oldin qochqinlar soni 2900 dan sal ko‘proq ekani xabar qilingandi. Ularning qariyb 1100 nafari davlat hisobidan joylashtirildi, yana 1000 nafarga yaqini esa mustaqil joy topdi. Armanistonning Syunik viloyati Goris shahrida yangi kelganlarni qabul qilish markazi tashkil etildi. Boshpana mahalliy teatr hududida joylashgan.
Armanlarning chiqib ketishi kutilyapti
Bir kun avval o‘zini Tog‘li Qorabog‘ respublikasi deb e’lon qilgan «hokimiyat maslahatchisi» David Babayan Qorabog‘dan etnik armanlarning ommaviy chiqib ketishi kutilayotganini aytdi. «Mintaqada 120 ming arman Ozarboyjon tarkibida yashashni istamaydi, ularning 99,9 foizi tarixiy yerlarini tark etishni ma’qul ko‘radi», - dedi u.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarboyjonning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lginchilarni tezda mag‘lub etishida Rossiyani aybladi. Yerevanda Pashinyan va butun hukumat iste’fosini talab qilgan ommaviy namoyishlar to‘xtamayapti. Namoyishchilar Armaniston Qorabog‘ga harbiy harakatlar davomida yordam bermaganidan norozi.
Mavzuga oid

17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

08:23 / 22.03.2025
Pashinyan Armanistonning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha referendum muddatini ma’lum qildi

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

19:15 / 13.03.2025