Jahon | 13:44 / 26.09.2023
7398
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti mingdan ortiq mahkumni afv etdi

Serdar Berdimuhamedov huquq-tartibot idoralari rahbarlariga zarur ishlarni olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: tdh.gov.tm

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan 1180 nafar mahkumni afv etdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston OAV.

Turkmaniston rahbari tegishli farmonni Davlat xavfsizlik kengashi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishida imzoladi. 

Berdimuhamedov huquq-tartibot idoralari rahbarlariga afv etilganlarning qamoqdan ozod etilishi va tez orada oilasi bag‘rida bo‘lishi uchun zarur ishlarni amalga oshirishni topshirdi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimlariga afv etilgan shaxslarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirildi.

Turkmanistonda mustaqillik kuni 27 sentabrda nishonlanadi.

Mavzuga oid