Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga boradi
Amaliy tashrif 28-30 sentabr kunlariga belgilangan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, federal kansler Olaf Shols va federal prezident Frank-Valter Shtaynmayyer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025