Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
No‘’mon Muxammadiyev ushbu lavozimda ish boshladi.
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Muxammadiyev No‘’mon Usmonovich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 1982 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligining Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
11:53 / 06.05.2025