Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha O‘zbekistonda rezavor mevali ekinlar yetishtirishga sarmoya kiritadi
Golubika, malina, smorodina, jimolost, shuningdek, findiq yetishtirish rejalashtirilmoqda.
Polshaning Plantin qishloq xo‘jaligi kompaniyasi vakillari biznes missiya bilan O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Kompaniyasi asoschisi Tadeush Kusibab boshchiligidagi Polsha delegatsiyasining tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi, BMB holdingi, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Jizzax viloyati hokimligida muzokaralar tashkil etildi.
Ularda O‘zbekistonda rezavor mevali ekinlar – golubika, malina, smorodina, jimolost, shuningdek, findiq yetishtirishga sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiyaga rezavor ekinlarning maqbul navlarini tanlash va ularni keyinchalik mahalliylashtirish, sarmoyaviy shart-sharoitlarni yaratish uchun O‘zbekiston hududining iqlim xaritasi taqdim etildi. Bundan tashqari, Polsha tomoniga laboratoriya tadqiqotlari uchun tanlangan tuproq va suv namunalari berildi.
Tadeush Kusibab, shuningdek, agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, rezavor mevalarni qayta ishlash va sharbatlar, murabbo, sirop va ekstraktlar, muzlatilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga ham sarmoya kiritishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025