Toshkentda daraxt kesgan shaxs 11 mln so‘m jarimaga tortildi
Toshkent shahrida aylantus navli daraxtni ruxsatnomasiz kesgan erkak 11 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda shahar Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida Sh.Rustaveli 2-tor ko‘chasida jismoniy shaxs A.B.ga tegishli yer maydonida bir tup qisman qurigan aylantusni tegishli ruxsatnomalarsiz tag qismidan kesgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan fuqaro A.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huqubuzarlikni sodir etganligi sababli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 11 055 000 so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid
18:43 / 12.10.2024
O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari maxsus xalqaro ro‘yxatga kiritildi
19:01 / 11.10.2024
Moratoriy davrida Toshkentda 800 tup mevali va manzarali daraxt nobud qilindi. Nega?
15:22 / 02.10.2024
Uchtepada 20ga yaqin ko‘p yillik daraxtlarga zaharli modda quyilgan. Aholi aybdor topilishini xohlaydi
19:23 / 25.09.2024