O‘zbekiston | 16:05 / 02.10.2023
7162
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonning Isroildagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen Isroil tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.
O‘zbekiston elchisi Feruza Mahmudova Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda O‘zbekiston-Isroil hamkorligining joriy kun tartibi muhokama qilindi. Vazir Eli Koen Isroil tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Muloqot yakunida, Eli Koen Feruza Mahmudovaga O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida amalga oshirgan yuksak faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, kelgusidagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Mavzuga oid
17:49
Isroil G‘azo sektori shimolidagi harbiy harakatlarini davom ettirmoqda
17:41 / 12.10.2024
Shols: Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi
19:41 / 11.10.2024
Eron Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa neft obektlariga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi
17:26 / 11.10.2024