O‘zbekiston | 15:18 / 04.10.2023
33819
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati sobiq hokimi To‘lqin Jabborov vafot etdi

Namangan viloyatini 1996−2004 yillarda boshqargan hokim To‘lqin Jabborov 73 yoshida vafot etdi. 

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Davlat va jamoat arbobi, Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Jabborov og‘ir xastalikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.

To‘lqin Jabborov 1950 yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1996–2004 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2000–2005 yillarda Oliy Majlis deputati etib saylangan. 2001 yildan O‘zbekiston ayollar futboli assotsiatsiyasi raisi bo‘lgan.

«U rahbarlik qilgan yillarda asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligiga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, barcha sohalarda viloyat uchun samarali natijalarga erishilgan.

To‘lqin Jabborov rahbarligida qurilish sohasida ham salmoqli ishlar qilingan. Namangan shahriga ko‘rk berib turgan «Pahlavon» sport majmuasi bunyodkorlik salohiyati amaldagi ifodasi sifatida viloyat sportining «tashrif qog‘oz»laridan biriga aylangan. 

«Navbahor» futbol jamoasi o‘z tarixida yagona bo‘lib turgan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

 

Mavzuga oid