Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida poyezd nosozlik sabab belgilangan vaqtda harakatlana olmadi
Harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent metrosida harakat tarkibi nosozlik natijasida belgilangan vaqtda harakatlana olmadi.
«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, soat taxminan 07:55 lar atrofida Chilonzor yo‘nalishining «Chinor» (5-bekat) bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 14-sonli harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Qayd etilishicha, buning natijasida ushbu harakat tarkibi belgilangan vaqtda harakatlana olmagan.
Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligining oldini olish maqsadida, ortidagi yo‘lovchilarsiz bo‘lgan poyezd orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025