Yevrokomissiya sobiq rahbari Yunker: Kiyev YeIga kirishga tayyor emas
Ukrainada jamiyatning barcha qatlamlari korrupsiyaga aralashgan, mamlakatga keng ko‘lamli islohotlar kerak, dedi Jan-Klod Yunker.
Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zolik mezonlariga hali javob bermaydi. Bu fikrni Yevrokomissiya (YeK) sobiq rahbari Jan-Klod Yunker 5 oktyabr, payshanba kuni chop etilgan Augsburger Allgemeine gazetasiga bergan intervyusida bildirdi.
Ukraina bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni tezda boshlash chaqiriqlarini sharhlar ekan, lyuksemburglik siyosatchi shunday dedi: «Ukrainada bo‘yniga qadar muammoga duch kelgan odamlarga yolg‘on va’dalar bera olmaysiz. Yevropadagi ayrim ovozlar meni juda g‘azablantirdi, ular ukrainaliklarni zudlik bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga ishontirishga harakat qilmoqda. Bu na YeIga, na Ukrainaga foyda keltirmaydi».
«Ukraina bilan ishlagan har bir kishi biladiki, bu - jamiyatning barcha qatlamlarida korrupsiyaga uchragan mamlakat, - deya davom etdi siyosatchi, - u (Ukraina) urinishlariga qaramay, qo‘shilishga tayyor emas, u keng ko‘lamli ichki islohotlar jarayonlari bo‘yicha katta ehtiyojga ega».
Shu bilan birga, Yevrokomissiya sobiq rahbari aniq misollar keltirmasdan, Yevropa Ittifoqi yangi a’zolar bilan qonun ustuvorligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha yomon tajribaga ega ekanini eslatdi. «Buning yana sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», deb ogohlantirdi u.
Yevropa Ittifoqiga «qisman qo‘shilish» imkoniyati
Yunkerga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlatlar maqomiga ega bo‘lgan Ukraina va Moldova uchun Yevropa istiqbolini saqlab qolish zarur, «ammo buni (Yevropa Ittifoqiga a’zolikni) umid bilan bog‘lab qo‘yish kerak emas, unga tugmani bosish orqali bir kechada erishib bo‘lmaydi». Shu bilan birga, «Ukraina yoki G‘arbiy Bolqonda erishilgan yutuqlarga qarab, Yevropa integratsiyasida ishtirok etish ehtimoli saqlanib qolishi lozim», dedi Yunker. «Biz qisman qo‘shilish, kvazi kengayishning oqilona shakli kabi narsalarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz kerak», deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq, 3 oktyabr kuni Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Der Spiegel haftaligiga bergan intervyusida Ukraina «o‘z vazifasini bajarsa», 2030 yilgacha Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkin, deb aytgan edi. U islohotlarni amalga oshirishi, korrupsiyaga qarshi kurashishi va huquqiy shartlarni bajarishi kerakligi bildirilgan.
Mavzuga oid
08:45
Merkel Ukrainada urushdan chiqishning yo‘llari haqida ma’lum qildi
20:14 / 24.11.2024
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024