Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning 4 tumanida gaz qisman o‘chiriladi
Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan, 6 oktyabr kuni ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Bektemir tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:
- Iyk Ota mahallasi;
- Gulbog‘ mahallasi;
- ulgurji iste’molchilar — 36 ta.
Yunusobod tumanida 10:00 dan 16:00 gacha:
- Posira mahallasi;
- ulgurji iste’molchilar — 1 ta.
Sergeli tumanida 14:00 dan 17:00 gacha:
- Farog‘atli mahallasi;
- Xonobodtepa mahallasi;
- ulgurji iste’molchilar — 5 ta.
Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:
- Qushbegi mavzesidagi 11 ta ko‘p qavatli uylar;
- Boshliq ko‘chasi;
- ulgurji iste’molchilar — 11 ta.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
11:02 / 23.05.2025