Isroil armiyaning «urushga shay holatda» turganini e’lon qildi
G‘azo chegarasiga yaqin hududlar aholisiga qo‘riqlanadigan joylarga yaqinroq masofada bo‘lish tavsiya etilyapti.

Foto: AP
G‘azo sektoridan yoppasiga o‘qqa tutilgan Isroil armiyasi «urushga shay» holat haqida e’lon qildi.
«Isroil mudofaa kuchlari urushga shay holatda ekani e’lon qilinadi. So‘nggi bir soat ichida G‘azodan Isroil tomon katta raketa otishmalari sodir bo‘ldi va terrorchilar Isroil hududiga bir necha turli nuqtalardan kirib keldi. Biz chegaraga yaqin hududlar aholisiga qo‘riqlanadigan hududlarga yaqin masofada bo‘lishni tavsiya qilamiz», — deyiladi Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati bayonotida.
Xabarda qayd etilishicha, Falastinning HAMAS harakati raketalarni uchirish va Isroil hududiga kirib borishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli operatsiyani boshlagan.
Isroil armiyasi fuqarolardan tegishli ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilishni talab qildi.
Avvalroq Quddusda raketa hujumlari haqida ogohlantiruvchi signallar yangragandi. «Temir gumbaz» havo mudofaa tizimi Quddus osmonida ishlab ketdi.
Mavzuga oid

14:41
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

10:54 / 29.04.2025
BMT sudi Isroilning G‘azodagi embargosi bo‘yicha eshituvlarni boshladi

13:05 / 28.04.2025