O‘zbekiston | 11:38 / 09.10.2023
5991
2 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

10 oktyabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘tkazadi. Testda ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan ushbu faylda to‘liq tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi. Test sinovi o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati bu yerda ko‘rsatilgan.

Agentlik talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishni so‘rgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil mart oyidan boshlab xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Mavzuga oid